Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Al Ahli — yangiliklari Matbuot

Al Ahli va bog'liq yangiliklar

Tojiyev: G'uzordagi g'alaba oson bo'lmadi

Tojiyev: G'uzordagi g'alaba oson bo'lmadi

Paxtakor bosh murabbiyi G'uzordagi g'alaba va jamoaning tig'iz taqvimdagi holati haqida fikr bildirdi.

G'uzordagi uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

Tojiyev: - O'yin oson bo'lmasligini bilardik. Birinchi bo'limda sustroq harakat qildik, qizil kartochka ham rejalarimizni buzib yubordi. Ikkinchi bo'limda yigitlar xarakter va darajalarini ko'rsatishdi. O'yinimiz yoqdi deya olmayman, ammo oxirigacha kurashganimiz ma'qul keldi. Hozir har bir o'yin muhim. Bahs boshidan 10 futbolchi bilan qolib, zafar quchish oson emas. Qolaversa, biz juda tig'iz taqvimda o'ynayapmiz. Safardan qaytib kelib, yana bu yerga yetib keldik. Bunday holatda o'ynash qiyinlashadi. "Al Ahli" bilan bellashuvdan keyinoq shu o'yinga hozirlikka kirishdik.

Bozorov jarohatdan endigina tiklandi. U keyingi o'yinlarda maydonga tushadi.

Bog'liq yangiliklar

Rafinya Joan Gamper kubogi doirasidagi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Rafinya Joan Gamper kubogi doirasidagi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Rafinya Joan Gamper kubogi doirasidagi o'yinda "Barselona" safida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Sport xabariga ko'ra, Rafinya Joan Gamper kubogi doirasida "Barselona"ning "Al-Ahli" ustidan qozongan 2:1 hisobidagi g'alabasidan so'ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Barselona" sardori sifatidagi ilk o'yinida braziliyalik futbolchi penaltini golga aylantirdi, birinchi golga hammualliflik qildi va himoyada ko'p mehnat qildi.

Mattias Yayssle: Muxlislarimizdan jamoaga ishonishlarini so'rayman

Mattias Yayssle: Muxlislarimizdan jamoaga ishonishlarini so'rayman

Mattias Yayssle muxlislarni jamoani qo'llab-quvvatlashga va birdamlikka chaqirdi.

Mattias Yayssle:

Muxlislar jamoaga ishonishlarini va bizni xuddi shu izchillik bilan qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini istayman. Ko'rganlarimdan allaqachon juda taassurotlandim.
Hozir eng muhimi - birdamlik, barchamiz birgalikda ushbu yo'ldan o'tayotganimizni tushunishdir. Aynan shu narsa bu mavsumda bizning asosiy ustunligimizga aylanishi mumkin.