Soʻgʻdiyona 1:2 OKMK: Jizzaxda mehmonlar gʻalaba qozondi
Oʻzbekiston chempionati doirasidagi Soʻgʻdiyona hamda OKMK jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Soʻgʻdiyona - OKMK 1-2
Oʻzbekiston chempionati doirasidagi Soʻgʻdiyona hamda OKMK jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Soʻgʻdiyona - OKMK 1-2
Superliga 22-turidan o'rin olgan So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoyev o'yin haqida fikr bildirdi.
Superliga 22-turidan o'rin olgan So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yinni yaxshi boshladik, ikki tomon ham hujum qildi, vaziyatlar bo‘ldi. Standart vaziyatdan gol urdik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz ko‘ngildagidek chiqmadi. Gol urishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ldi, ammo uchrashuv oxirida ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu — futbol, o‘yinni 90 daqiqa davomida to‘liq o‘tkazish kerak. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, fidoyiliklari uchun rahmat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Superliganing 22-turida OKMK "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga doirasidagi “So‘g‘diyona” va OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga ko‘ra, olmaliqliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning dastlabki daqiqalaridan boshlab jamoalar hujumkor futbol namoyish etdi. OKMK bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, “So‘g‘diyona” 25-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Filip Ivanovich bosh bilan aniq zarba orqali darvozaga yo‘llab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo‘limning qolgan qismida OKMK hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Biroq Biroq “So‘g‘diyona” himoyasi ishonchli harakat qildi va jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan OKMK tarkibida uchta o‘zgarish amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar mehmonlarning hujumdagi faolligini oshirdi. 83-daqiqada standart vaziyatdan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan Papava unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Oradan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, OKMK yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 87-daqiqada Sentokuning uzatmasidan so‘ng Nodir Abdurazzoqov bosh bilan aniq zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 1:2.
Har ikki gol epizodlari VAR tomonidan tekshirildi va hakamlar tomonidan gollarni hisoblash bo‘yicha yakuniy qaror tasdiqlandi.
Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida “So‘g‘diyona” hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi. Biroq OKMK futbolchilari himoyada ishonchli harakat qilib, yakuniy hushtakkacha ustunlikni saqlab qoldi.
Natijada OKMK uchrashuv davomida hisobda ortda borishiga qaramay, ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida ikkita gol urib, 1:2 hisobida kambek g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Superliga. 22-tur.
“So‘g‘diyona” — OKMK 1:2
Gollar: Filip Ivanovich (24) — Giorgi Papava (82), Nodirbek Abdurazzoqov (87)
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Adhamjon Rixsiboyev
To'rtinchi hakam: Feruzbek Xidoyatov
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR hakami: Shoxruh Maqsudov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Kamissar: Oybek Davletmuratov
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Behruzbek Asqarov (7.Petar Michin, 46), 22.Abdulazizxon Abdurashidov (18.Igor Golban,71) 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 13.Filip Ivanovich, 10.Javohir Qahramonov (33.Shohjahon Sultonmurodov,65) 32.Nodirjon Soyibov, 8.Jamshid Boltaboyev, 28.Samandarjon Mavlonqulov (19.Zabihillo O'rinboyev, 46), 14.Lyupcho Doriyev.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 20.Fazliddin Omonkeldiyev, 9.Jenan Zaymovich, 77.Oybek Nurmatov, 2.Zoir Jo'raboyev
"OKMK": 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov (44.Abror Karimov, 46), 6.Avazbek O'lmasaliyev, 88.Siavash Haqnazari (11.Ali Abdurahmonov, 74), 4.Mirjamol Qosimov (28.Arihiro Sentoku,46), 5.Giorgi Papava, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 74), 19.Ahmadullo Muqimjonov, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 77.Ivan Peshich (10.Asadbek Sobirjonov, 46)
Zaxira: 21.Hazratjon Tursunqulov, 35.Javohir Ilyosov, 22.Saidafzalxon Ahrorov, , 28.Abror Sarimsoqov
Ogohlantirishlar: Avazbek O'lmasaliyev (62), Nodirbek Abdurazzoqov (89), Ali Abdurahmonov (90+4), Urosh Koyich (90+5) — Behruz Jumatov (90+5)
O'zbekiston Superligasi doirasidagi bahsda So'g'diyona OKMK ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi. Yagona gol muallifi Filip Ivanovich.
🟢 ⚪️ SO‘G‘DIYONA 1:0 OKMK 🟡
⚽️ Filip Ivanovich, 25 (1:0)
Superliga 22-turidan o'rin olgan bahsda So'g'diyona OKMK ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol muallifi Fillip Ivanovich.
Superliga. 22-tur.
So'g'diyona — OKMK FK 1:0
Gollar: Fillip Ivanovich (24)
Superliga 21-tur doirasidagi Xorazm hamda So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi.
Superliga 21-tur doirasidagi Xorazm hamda So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
O'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Uchrashuv statistikasi ham qayd etildi.
O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi So'g'diyona va QMU Jayxun uchrashuvi yakunlandi.
🚨 O'zbekiston kubogi. 1/8 final
⚪️ SO'G'DIYONA 2:0 QMU JAYXUN🟡
Superliga 19-turidan o'rin olgan bahsda Neftchi So'g'diyona ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.
Superliga 2026-yilgi mavsum 19-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.
Neftchi 3:0 So'g'diyona
⚽ Zoran Marushich 23, 58 (2-0)
⚽ Stipe Perica 90+9 (3-0)
Oliy liganing qoldirilgan 15-tur uchrashuvida Sevinch So‘g‘diyona-W darvozasiga javobsiz 9 ta gol urib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Oliy liga. 15-tur (Qoldirilgan uchrashuv)
Sevinch 9:0 So‘g‘diyona-W
Lyudmila Karachik 10'
Diyora Habibullayeva 17', 26', 86'
Nilufar Qudratova 34', 84'
Ilvina Ablyakimova 43'
Zarina Norboyeva 53', 66'
Superliga 22-tur doirasidagi So'g'diyona hamda OKMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Superliga 22-tur doirasidagi So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Superliganing 20-turida So'g'diyona o'z maydonida Mash'alni 5:2 hisobida mag'lub etdi.
Superliga. 20-tur
So'g'diyona 5:2 Mash'al
O'zbekiston kubogi 1/8 finalida «So'g'diyona» «Jayxun»ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida «So'g'diyona» va «Jayxun» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin jizzaxliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarga Filip Ivanovich (33-daqiqada) va Abdulaziz Abdurashidov (89-daqiqada) mualliflik qilishdi.
Uchrashuvdan so'ng «So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.