Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Fenerbahce — yangiliklari Matbuot

Fenerbahce va bog'liq yangiliklar

Jenk Tosun: "Fenerbaxchega o'tishim xato bo'lgan"

Jenk Tosun: "Fenerbaxchega o'tishim xato bo'lgan"

Jenk Tosun Fenerbaxchega o'tishi xato bo'lganini tan oldi, ammo bu qaroridan afsuslanmasligini ta'kidladi.

Jenk Tosun: "Men Fenerbaxchega o'tganimdan afsuslanmayman. Ammo Fenerbaxchega o'tish xato bo'lganmi? O'ylaymanki, ha. Klub afsonasiga aylangan va muxlislarning ajralmas qismiga aylangan inson uchun boshqa katta klubga o'tish, nazarimda, xato edi. Lekin mendan bu haqda afsuslanasizmi, deb so'rashsa, yana aytaman, yo'q.

Men bolaligimdan Beshiktashga muxlislik qilaman. Futbolchilik faoliyatimni Beshiktashda yakunlashni orzu qilgandim. Biroq menga shartnoma taklif qilishmadi. Evertondan Beshiktashga qaytganimdan so'ng, ikki yil ichida 30 ga yaqin gol urdim va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdim. Shunga qaramay, menga baribir shartnoma taklif qilishmadi.

Men juda yaxshi saviyada edim. Chempionlik uchun kurashadigan jamoaga o'tishni xohladim. Bu mening haqqim edi".

Bog'liq yangiliklar

Dirk Kuyt: "Ertangi o'yin men uchun juda o'zgacha bo'ladi"

Dirk Kuyt: "Ertangi o'yin men uchun juda o'zgacha bo'ladi"

Dirk Kuyt «Fenerbaxche» bosh murabbiyi sifatida «Liverpul»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

Dirk Kuyt «Fenerbaxche» bosh murabbiyi sifatida «Liverpul»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi:

«Hamma «Fenerbaxche» va «Liverpul» men uchun qanchalik qadrli ekanini biladi.

Albatta, ertangi kun men uchun juda-juda o'zgacha bo'ladi, lekin bu bosqichda men emas, klub muhim.

«Liverpul» – ajoyib jamoa, lekin «Fenerbaxche» ham shunday. Agar muxlislar kelib, o'z muhitini yaratsa, o'ylayman-ki, butun Yevropa bizning muxlislar bazamiz qanchalik ulkan va kuchli ekanini ko'radi».

Sergen Yalchin: Beshiktosh Fenerbahcheni jismonan tor-mor etdi

Sergen Yalchin: Beshiktosh Fenerbahcheni jismonan tor-mor etdi

Sergen Yalchin Beshiktoshning Fenerbahche ustidan qozongan g'alabasi, Olaytan va Agbaduning o'yini hamda jamoaning transferlari haqida fikr bildirdi.

Sergen Yalchin:

Beshiktosh haqli ravishda g'alaba qozondi. Hisob bo'yicha ham, o'yin bo'yicha ham. Beshiktosh Fenerbahcheni jismonan tor-mor etdi.
Olaytan ham oltinchi, ham o'ninchi raqam pozitsiyalarida o'ynaydi, agar kerak bo'lsa, to'qqizinchi raqamda ham. U barcha pozitsiyalarda o'ynay oladi. Men uni olib kelganimda, "U qayerdan chiqdi?" va shunga o'xshash gaplarni aytishgandi. O'ylaymanki, ikki yil ichida Junior Chempionlar ligasida ishtirok etadigan yaxshi klubga o'tadi.
Agar Beshiktoshning markaziy himoyachisi haqida gapiradigan bo'lsak, bu Emmanuel Agbadu. Uni qo'lga kiritish uchun biz naq uch oy kurashdik. Mavsum boshida yangiliklarda "Agbadu — chiqindi" kabi sarlavhalar chiqishdi. Yigitlar, siz hazillashyapsizmi? U klub tarixidagi eng yaxshi uchta markaziy himoyachidan biri.
Beshiktoshning eng yaxshi transferi — bu Aleksander Nyubel.