Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Uzbekistan — yangiliklari Umumiy

Uzbekistan va bog'liq yangiliklar

Paxtakorning 8 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi

Paxtakorning 8 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi

Paxtakorning 8 nafar futbolchisi FIFA kunlari doirasida O'zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari yig'iniga jalb etildi.

8 nafar futbolchimiz milliy terma jamoalarga chaqirildi

FIFA kunlarida O'zbekiston va Iroq terma jamoalari yig'iniga 8 nafar o'yinchimiz jalb etildi. Vladimir Nazarov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadrasul Abdumajidov, Akmal Mozgovoy, Doston Hamdamov O'zbekiston termasi safida o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishadi.

Zaid Tahsin va Ayman Hussayn esa Iroq termasi bilan Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan Ko'rfaz Kubogi musobaqasida qatnashadi.

Navbahor futbolchilari O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirildi

Navbahor futbolchilari O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirildi

Navbahor futbolchilari Jasurbek Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov, Diyorbek Xolmatov va Husayn Norchayev O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.

Yig‘in doirasida terma jamoamiz Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi.

Bu safargi yig'inga jamoamizdan Jasurbek Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov, Diyorbek Xolmatov va Husayn Norchayevlar jalb qilindi. Biz futbolchilarimizga yig'in davomida kuch-quvvat, omad va zafarlar tilab qolamiz.

Bog'liq yangiliklar

Son Xyon Min Janubiy Koreya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Son Xyon Min Janubiy Koreya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Son Xyon Min O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda gol urib, Janubiy Koreya tarixidagi eng yaxshi to'purar nomiga sazovor bo'ldi.

🤍 Afsonaviy Son Xyon Minni tabriklaymiz! U O'zbekiston darvozasiga kiritgan goli bilan Janubiy Koreya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Futbolchining hisobidagi gollar soni 59 taga yetdi.