Luciano Spalletti «Genoa»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi 👨🦲🎙
«Nasib qilsa, juda jiddiy raqibga qarshi maydonga tushamiz. O'ziga xos atmosfera, stadion va tarixiy klub. Taktik jihatdan «Genoa»da ikkita variant bor: Osmayich va Ostigardning jismoniy kuchi, shuningdek, Messias, Baldansi va El-Shaaravining yakkama-yakka vaziyatlardagi keskin harakatlari. De Rossi katta rol o'ynaydi: u maydonda mening o'ng qo'lim edi, ko'rsatmalarimni baland ovozda yetkazardi va jamoani o'z xarakteri bilan ruhlantirardi.
Sxema futbolchilarning sifatiga qarab tanlanadi. Kichik rotatsiyada u 3-4-2-1 ko'rinishini oladi va hujumchi ostida hamma, shu jumladan Kolo Muani ham o'ynashi mumkin. Bu kelajakka mo'ljallangan variant. Sxemani jamoa talab qildi deyishganda, bu o'yinchilarga aloqasi yo'q. Ular hech qachon qaysi tizimda o'ynashni ko'rsatib o'tirishmaydi. Xuddi ularda WhatsApp guruhi bor-u, u yerda savollarni muhokama qilishayotgandek tuyuladi…
Keynning «Oltin to'p»i haqida jamoa bilan gaplashdimmi? Yo'q, hozir menda futbolchilar bilan muhokama qilishim kerak bo'lgan boshqa maqsadlar bor. Biz bu haqda bugun ertalab mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rayotganimizda murabbiylar shtabi bilan gaplashdik. Biz unga ushbu sovrinni topshirishni adolatli deb hisobladik — bu futbolchining jiddiyligi va intizomini hisobga olgan holda mantiqiy va to'g'ri qaror. Uning statistikasi ajoyib, garchi uni boshqalar kabi ko'p ajratib ko'rsatishmasa ham.
Biz to'liq ishga diqqatimizni qaratganmiz: jamoa ham, klub ham. Charchoq — bu psixologik holat hamdir. U baribir keladi va hammasi unga qanday dosh berishingizga bog'liq. Jamoa bor kuchini berdi, kurashdi va o'zini yaxshi holatda ekanligini ko'rsatdi.
Biz Sarrni qaytardik, u muqobil variant hisoblanadi. Shuningdek, Konseysauni odatiy qanotida ikkinchi hujumchi sifatida ishlatishimiz mumkin. Bu biz xayolimizda tutib turgan imkoniyat.
Biz g'alaba qozonishimiz va «Lechche»dagi kabi ishonchli o'yin ko'rsatishimiz kerak. Biz ham taktik, ham psixologik yechimlarni topishimiz shart. Aniq fikr va to'g'ri tahlil orqali natijalarga erishish uchun qat'iy harakat qilishimiz kerak.
Jamoa o'yinga to'liq diqqat qaratganini, qarorlarni yaxshi qabul qilayotganini va murabbiy ko'rsatmalarini ishonch bilan bajarayotganini ko'rdim. Asosiy tarkibda kim chiqishi unchalik muhim emas — asosiysi har bir o'yinchi maydondagi daqiqalaridan qanday foydalanishi. Jamoadan «Lechche»ga qarshi o'yindagi kabi fidoyilikni kutamiz.
Kolo Muanining o'yinidan tashqari, u raqiblar uchun qanday muammolar yaratayotgani va sheriklariga qanchalik foyda keltirayotganini hisobga olish kerak. Duglas Luis ikkinchi golni urganida, Koloning reaksiyasiga qarang: u jamoadoshi uchun juda xursand edi. U faqat o'zi gol urganda emas, jamoa g'alaba qozonganda baxtli bo'ladi. Bunday kayfiyatda ishonch bildirish va qoniqish hosil qilish uchun hamma narsa bor».