Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Barcelona — yangiliklari Matbuot

Barcelona va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Deku Rodri transferi haqida fikr bildirdi

Deku Rodri transferi haqida fikr bildirdi

Deku Rodri transferi va «Barselona»ning transfer siyosati haqida fikr bildirdi.

Rodri jamoaga nima bera oladi?

Deku: «O'ylaymanki, barchamizdan mamnunmiz, shunday emasmi? Amalga oshirgan barcha transferlarimiz mantiqiy deb hisoblayman. Ya'ni, kimnidir tarkibga qo'shib olishdan avval biz ko'p o'ylaymiz, jamoa ichida ko'p muhokama qilamiz, gaplashamiz va qaror qabul qilish uchun o'z ishimizni bajaramiz, tushunyapsizmi?

Rostini aytsam, boshida Rodri rejalarimizda yo'q edi, chunki bu futbolchi erkin bo'lishi mumkin deb o'ylamaganmiz. Imkoniyat paydo bo'lganini ko'rgan zahotimiz, harakat qilib ko'rdik va u bizga ko'p narsa bera olishini tushundik. Xuddi Gordon, Adeyemi va Bisivu kabi, ya'ni Kanselu singari kelganlar yoki shartnomalarni uzaytirishimiz kabi — barchasi mantiqiy, chunki biz har yili tarkibimiz yanada kuchliroq bo'lishini va rivojlanishda davom etishni istaymiz. Har doim yaxshiroq bo'lish mumkinligiga ishonaman va Rodri jamoani sezilarli darajada kuchaytiradi deb o'ylayman».

Rodri — bu mavsumda «Real»ga qarshi birinchi zarbami?

Deku: «Yo'q, aslida unday emas. Raqobat doimo mavjud, ammo biz futbolchilarni kimdandir tortib olish uchun emas, balki o'z manfaatlarimizdan kelib chiqib sotib olamiz. Rodri dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri deb hisoblayman. So'nggi oylargacha bu imkoniyat bo'lishini bilmaganmiz. Bu haqda o'ylamagan ham edik. Ya'ni, biz «Madrid»ni mag'lub etish uchun kurashga kirishganimiz yo'q, yo'q, yo'q. U jamoaga nima bera olishini aniq tushunamiz va aynan shu sababli harakatni boshladik, aks holda buning ma'nosi bo'lmasdi».
Abner "Barselona" qiziqishiga munosabat bildirdi

Abner "Barselona" qiziqishiga munosabat bildirdi

Abner "Barselona"ning unga bo'lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi va "Real Betis"da baxtli ekanini ta'kidladi.

Abner "Barselona"ning unga bo'lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:

"Mening "Real Betis" bilan shartnomam bor va men bu yerda baxtliman, buni ochiq aytib qo'ymoqchiman".