Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Club Brugge — yangiliklari Matbuot

Club Brugge va bog'liq yangiliklar

Manuel Akanji: «Biz xarakterimizni ko'rsatdik»

Manuel Akanji: «Biz xarakterimizni ko'rsatdik»

Manuel Akanji «Bryugge» bilan o'yindan keyingi g'alaba va jamoaning ko'rsatgan xarakteri haqida gapirdi.

Manuel Akanji: «Bugun oson bo'lmadi. Bastonining chetlatilishi? Bu ikkinchi sariq kartochka edi, birinchisi nima uchun ko'rsatilganini tushunmadik. Bugun biz xarakter ko'rsatdik, bu jamoa qanday qilib yasalganini namoyish etdik. Hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi.

Biz «Bryugge»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng munosabat bildirishimiz kerak edi, bugun g'alaba qozonish fundamental darajada muhim edi. Yuqori pressing? Ba'zida raqiblarga ochilishga imkon berishimiz kerak, biz har doim ham bunchalik yuqori chiqmasligimiz kerak, ba'zida qarshi hujum uchun kuch tiklash va juda ko'p bo'sh joy qoldirmaslik lozim».
Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"

Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"

Yann Zommer "Inter"dagi faoliyati, "San Siro"ga qaytishi va "Bryugge"dagi o'yinlari haqida gapirdi.

Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"

Ikki karra Italiya chempioni "Inter" tarkibida - "San Siro"ga qaytishi haqida. Shveytsariyalik darvozabon "Bryugge" sharafini himoya qilmoqda, ushbu jamoa bilan Kivu shogirdlari ertaga Chempionlar ligasida to'qnash keladi.

- O'tgan mavsum "Inter"dagi faoliyatingiz uchun oxirgisi bo'lganidan xafa emasmisiz?
- Aslo yo'q. Klub bilan vaziyatni muhokama qildik va xayrlashish uchun eng yaxshi vaqt kelgan degan xulosaga keldik. Hammasi ajoyib edi, bizda juda yaxshi munosabatlar qoldi. Men "Inter" ranglarini va "San Siro"ni sevib qoldim: bu faoliyatimdagi aql bovar qilmas sahifa edi.
- Milanda o'z darajangizni ko'rsata oldingizmi?
- Buni aytish qiyin. Jamoa sifatida erishgan yutuqlarimizdan, shaxsan o'zim esa darvozabon sifatidagi o'yinimdan xursandman. Bu uch mavsumda "Inter" Italiyaning eng yaxshi jamoasi bo'ldi, o'ylayman-ki, hozir ham shunday. Bizning o'yin uslubimiz, ya'ni darvozadan o'yinni qisqa paslar bilan boshlash menga yoqardi. "Inter"da darvozabon deyarli ishsiz qoladigan o'yinlar ko'p bo'ladi, lekin u muhim qarorlar qabul qilishi kerak, ko'pchilik buni sezmaydi. Bu har doim ham ko'zga tashlanadigan "seyv"lar emas, lekin ular juda muhim. Men barqaror bo'lishga harakat qildim.
- "Inter"dagi sheriklaringizdan kimlar bilan aloqadasiz?
- Akanji bilan, biz ko'p yillar terma jamoada birga o'ynaganmiz. Vaqti-vaqti bilan Chalxanog'lu, Pavar va darvozabonlar murabbiylari bilan gaplashib turaman. "Inter" - men uchun abadiy uy, ertaga men safarda o'ynamayman.
- Sizning o'rningizga kelgan Xosep Martines allaqachon bir nechta xatoga yo'l qo'ydi. Unga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
- U mening maslahatlarimga muhtoj emas. Ajoyib darvozabon, yaxshi salohiyatga ega, juda yaxshi yigit: bizning munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Bir nechta o'yinini ko'rdim va tanqidlarga qo'shilmayman: u yaxshi o'ynayapti, lekin "Inter"da bo'lish oson emas, bosim juda jiddiy. Uning bunday imkoniyatga ega bo'lganidan va Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olganidan xursandman: u bunga loyiq.
- "Inter" muxlislariga tilaklaringiz?
- Rahmat! Bu uchta ajoyib mavsum uchun rahmat. Xatolar, g'alabalar, aql bovar qilmas o'yinlar - bu vaqt ichida hammasi bo'ldi. "Inter" muxlislari - o'zgacha, xuddi "Inter"ning o'zi kabi. Ammo, uzr so'rayman, endi men "Bryugge" safida o'ynayapman va yana "San Siro"da g'alaba qozonishga umid qilaman.

Manba: «Gadzetta dello sport»

Xristos Tsolis: «Arsenal» menga qarshi o'ynagan eng qiyin jamoa bo'ldi»

Xristos Tsolis: «Arsenal» menga qarshi o'ynagan eng qiyin jamoa bo'ldi»

Xristos Tsolis Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

Xristos Tsolis o'tgan yilning dekabr oyida Chempionlar ligasi doirasida «Bryugge» safida «Arsenal»ga qarshi o'tkazilgan o'yin haqida fikr bildirdi:

«Biz o'z uyimizda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldik. Aytishim mumkinki, bu men to'p surgan jamoalar ichida hujum qilish eng qiyin bo'lgan raqib edi.

Boshqa katta klublarga qarshi ham o'ynaganmiz, ammo aynan «Arsenal» darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratish biz uchun eng qiyini bo'ldi. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, lekin chinakam xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi, «Arsenal» esa o'z imkoniyatlaridan juda samarali foydalandi. Natija adolatli edi».

Bog'liq yangiliklar

Troy Dini: Xristos Tsolis bu mavsumda haqiqiy yirtqichga aylanadi

Troy Dini: Xristos Tsolis bu mavsumda haqiqiy yirtqichga aylanadi

Troy Dini Xristos Tsolisning o'yin uslubini yuqori baholadi va uni Martinelli hamda Trossard bilan qiyosladi.

Troy Dini Xristos Tsolis haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

U jamoaga juda ko'p gol va assistlar olib keladi, shu bilan birga xotirjamlik va chaqqonlikni ham taqdim etadi. Martinelli va Trossardga qarang — nazarimda, Tsolis ikkalasining ham sifatlarini o'zida mujassam etgan. Shu bilan birga, samaradorlik borasida u ancha ko'proq narsaga qodir. Bu mavsumda u haqiqiy yirtqich bo'ladi.
Klinton Mata Chempionlar ligasida o'ynashni orzu qilmoqda

Klinton Mata Chempionlar ligasida o'ynashni orzu qilmoqda

Lion himoyachisi Klinton Mata Chempionlar ligasida yana maydonga tushishni orzu qilmoqda va jamoasiga turnirning asosiy bosqichiga chiqishda yordam bermoqchi.

Chempionlar ligasining birinchi saralash bosqichiga ikki haftadan kamroq vaqt qoldi va Lion mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Klub kanaliga bergan intervyusida angolalik himoyachi Yevropaning nufuzli klublar turnirida yana maydonga tushishni intiqlik bilan kutayotganini tan oldi.

O'zimizni aldab o'tirmaylik. Bu har bir futbolchining endi futbolga kirib kelayotgan vaqtdagi orzusi. Siz Yevropaning eng yaxshi turnirida ishtirok etishni xohlaysiz.

Bryugge sobiq futbolchisi uchun bu shunchaki orzu emas. Lionga o'tishidan oldin Mata Belgiya klubi safida Chempionlar ligasida 23 ta o'yin o'tkazgan. Endi u xuddi shu hislarni to'qimachilar libosida boshdan kechirishga umid qilmoqda.

Bu aqlbovar qilmas tajriba va men uni yana qayta boshdan kechirishni, ayniqsa Lion bilan Chempionlar ligasida o'ynashni istardim. Menga aytishlaricha, bu yerda, Lionda Chempionlar ligasi o'yinlari o'zgacha ahamiyatga ega.

Mata, shuningdek, jamoaga turnirning asosiy bosqichiga chiqishda yordam berib, klubning ishonchini oqlamoqchi ekanligini ta'kidladi.

Men ushbu vazifani bajarib, klubga javob qaytarmoqchiman, - deya qayd etdi himoyachi, saralash bosqichining ham sport, ham moliyaviy jihatdan qanchalik muhimligini tushungan holda.

Biroq, faqat gapning o'zi yetarli emas. O'tgan mavsumning noaniq yakunidan so'ng, Mataning asosiy tarkibdagi o'rnini kafolatlangan deb bo'lmaydi. Raqobat kuchaymoqda, yangi kelgan Klyuyvert va Kamara esa Paulo Fonseka nazarida himoyadagi kuchlar nisbatini o'zgartirishi mumkin.

Shu bois, angolalik futbolchining yaqinlashib kelayotgan o'rtoqlik o'yinlaridagi chiqishlari diqqat markazida bo'ladi. Lion safidagi so'nggi o'yinlarida uning harakatlarida biroz asabiylik sezilgandi va endi u asosiy tarkibga loyiqligini yana bir bor isbotlashi kerak.