Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

RC Lens — yangiliklari Matbuot

RC Lens va bog'liq yangiliklar

Mattyu Lui-Jan: «Tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor»

Mattyu Lui-Jan: «Tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor»

Mattyu Lui-Jan «Lans»ning transfer rejalari va jamoaning oldindagi maqsadlari haqida gapirdi.

Mattyu Lui-Jan: «Biz Lois Opendaning kelganidan juda mamnunmiz. Bizning ustuvor vazifamiz markaziy hujumchi pozitsiyasiga o'yinchi topish edi. Yana ketishlar va bir nechta yangi xaridlar bo'ladi. Transfer oynasi hali yopilgani yo'q, tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor.

Bugungi mag'lubiyat bizga og'riq bermoqda, ammo u hali ustimizda ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar borligini eslatib turibdi. Maqsad — seshanba kuni «Sparta»ga qarshi o'yinda yaxshiroq natija ko'rsatish.»

Bog'liq yangiliklar

Franyo Ivanovich «Lans»dagi muhitdan hayratda

Franyo Ivanovich «Lans»dagi muhitdan hayratda

Franyo Ivanovich «Lans» jamoasiga o'tishi va klubdagi muhit haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Franyo Ivanovich «Lans» jamoasidagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

Mening birinchi taassurotim juda yaxshi. Bu joy menga haqiqatan ham yoqdi. Lans — kichik shahar, stadion sig'imi esa shahar aholisi sonidan ko'p.
Hamma bu mintaqada klubga oshiq, barchasi «Lans»ga muxlislik qiladi. Moslashish oson kechdi, muhit juda oilaviy.
Fransiya chempionati ochiq o'yinlarga boy, unda gollar ko'p va men uchun bu eng yaxshi tanlov edi.
Qolaversa, bosh murabbiy Dino Toppmeller meni o'z safida ko'rishni istadi. Klub va murabbiy meni xohlashdi — bu juda muhim.
Karim Kulibali va Ugo Oliveyra «Lans»ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi

Karim Kulibali va Ugo Oliveyra «Lans»ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi

Strasbur futbolchilari va bosh murabbiyi Lansga qarshi bo'lajak bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🔻 Karim Kulibali «Lans»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:

Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Rahbariyat va murabbiy bilan ko'p gaplashdik va klubda yaxshi loyiha borligini his qildim. Shu bois o'tishimdan juda mamnunman.

O'tgan mavsum Bundesligada men uchun birinchi professional mavsum edi. Tajribaliroq o'yinchilardan ko'p narsani o'rgandim va endi bu yerda rivojlanishda davom etmoqchiman.

Germaniyada tug'ilganman, ota-onam Kot-d'Ivuar'dan. Uyda fransuz tilida gaplashamiz, ta'limni esa Germaniyada olganman. Bolaligimdan ivuarliklar futbolini kuzatib borganman va Drogba hamda Yaya Turega havas qilganman.

Kuchli tomonlarim — jismoniy holat va chap oyog'im. Uzatmalarni yaxshi amalga oshiraman va raqib chiziqlarini yorib o'ta olaman. Shu bilan birga, o'ng oyog'im ustida ishlashim va tajriba to'plashda davom etishim kerak.

Himoyada Van Deyk, Ryudiger va Jonatan Ta kabi o'yinchilarga qarab o'rnak olaman. Ulardan o'rganadigan narsalar ko'p.

Mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdim va jismonan tayyor ekanligimni his qilyapman. Maydonga tushish yoki tushmaslikni murabbiy hal qiladi.

Birinchi uy uchrashuvini intiqlik bilan kutyapman. Muxlislar ko'magi qanchalik muhimligini bilaman. Biz maydonga tushib, har bir epizod uchun kurashishni va «Lans»ni mag'lub etish uchun borimizni berishni istaymiz.

🔻 Ugo Oliveyra «Lans»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:

Biz uchun o'z muxlislarimiz qarshisida ilk bor uyda o'ynash juda muhim. Biz yolg'iz o'ynamaymiz — stadionimiz va minglab muxlislarimiz jamoaning bir qismiga aylanishi kerak. Ayniqsa, qiyin pallalarda ularning ko'magiga muhtojmiz.

«Lans» — juda kuchli va tajribali jamoa. Ularda yuqori darajadagi tashkilotchilik, jismoniy kuch va yetuklik bor. Bizni og'ir o'yin kutib turibdi.

«Marsel» bilan o'yindan so'ng ko'p narsani tahlil qildik. Birinchi bo'lim kuchli raqib bilan tengma-teng o'ynay olishimizni ko'rsatdi. Chetlatishdan keyin hammasi ancha murakkablashdi, ammo jamoa kurashishda davom etdi.

O'yinchilarni birlashtirish, yangi kelganlarni moslashtirish va prinsiplarimizni shakllantirish uchun vaqt kerak. Yosh bu yerda bahona emas — tajriba o'yinlar va qiyin vaziyatlar orqali keladi.

Shuningdek, transfer oynasi yopilishi va guruh barqarorlashishi men uchun muhim. Shunda ishlash osonroq bo'ladi, chunki hamma o'z vazifalarini tushunadi va futbolga e'tibor qaratadi. Ammo hozir eng muhimi — «Lans» bilan o'yin. Butun e'tiborimiz shunga qaratilgan.

Ayrim o'yinchilar, jumladan Dukure, Chiluell, Godo va Oyedele bo'yicha shubhalar bor. Maydonga tusha olishadimi yoki yo'q, ko'ramiz.
Jozef Ugurlyan Liga 1 faoliyatini keskin tanqid qildi

Jozef Ugurlyan Liga 1 faoliyatini keskin tanqid qildi

"Lans" prezidenti Jozef Ugurlyan Fransiya chempionati rahbariyatini keskin tanqid qildi va liganing o'z mahsulotiga bo'lgan munosabatidan noroziligini bildirdi.

"Lans" klubi prezidenti Jozef Ugurlyan Fransiya chempionati faoliyatidan noroziligini yashirmadi:

"Bizning PSJga qarshi o'yinimiz bir ovozdan ko'chirilganida, bu chempionat manfaatlariga zid edi... O'z oyog'iga bolta uradigan liga bilan ishim yo'q. Agar siz o'zingizni hurmat qilmasangiz, o'z mahsulotingizni tanqid qilsangiz va uni rivojlantirish uchun hech narsa qilmasangiz, boshqalardan uni qadrlashni kutmang".