Donniyel Malen «Roma» tarixidagi rekordni takrorladi
Donniyel Malen «Roma» safida bir kalendar yil ichida A Seriyada 26 ta gol urib, tarixiy natijani takrorladi.
Donniyel Malen shunchaki to'xtab qolmayapti.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Malen «Roma» tarixida bir kalendar yil ichida A Seriyada kamida 26 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha faqat Pedro Manfredini (1960 yilda 26 ta gol) shunday natija qayd etgan edi.