🔥 Yussuf Fofana uchun kurash boshlanishi mumkinmi? "Yuventus" va APL klublari vaziyatni kuzatishmoqda!
Yussuf Fofana mavsum yakunlangach, "Sevilya"da qolmasligi mumkin.
Ispanlar yarim himoyachini saqlab qolishni istashmoqda, ammo "Milan"dan olingan ijara shartnomasida sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. Qolaversa, kelishuvning moliyaviy shartlari murakkab ko'rinmoqda: futbolchining maoshi soliqlarigacha 5,55 million yevroni tashkil etadi, "rossonerilar" esa uni taxminan 15 million yevroga baholamoqda.
👀 TeamTalk ma'lumotiga ko'ra, fransiyalik futbolchini allaqachon "Yuventus", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va boshqa Yevropa klublari kuzatib borishmoqda.
📊 Joriy mavsumda Fofana La Ligada 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Sevilya" sport direktori o'yinchi mavsum oxirigacha jamoada qolishini tasdiqladi. Yozda esa yakuniy qaror "Milan"ga bog'liq bo'ladi.
💰 Sotuv, yangi ijara yoki tarkibga qaytarish? Qaysi variant "Milan" uchun ma'qulroq? 🔴⚫