Jan-Matteo Baoyi shartnomasidagi bandlar oshkor bo'ldi
Jan-Matteo Baoyining «Lids» safida to'laqonli o'yinchiga aylanishi uchun shartnomadagi bandlar va transfer summasi ma'lum bo'ldi.
Jan-Matteo Baoyining sotib olish shartlari haqidagi ilk insaydlar tarqalmoqda.
Germaniyaning BILD nashri yozishicha, 21 yoshli vinger «Lids»ning to'laqonli o'yinchisiga aylanishi uchun shartnomada uchta trigger ko'rsatilgan. Ulardan biri — 10 ta o'yinda maydonga tushish. Fransiyalik futbolchi «oqlar» safida allaqachon bitta o'yin o'tkazgan, shuning uchun yana to'qqizta o'yin qoldi.
TEAMtalk qo'shimcha qilishicha, agar «Lids» Chempionshipga tushib ketsa, hatto boshqa shartlar bajarilgan taqdirda ham klub o'yinchini «Ayntraxt»dan sotib olmasligi mumkin. Transfer summasi 25,8 million funt sterlingni tashkil etadi.