Maykl Karrik "Brayton"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi
Maykl Karrik "Brayton"ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati, tarkib rotatsiyasi va mavsumdagi maqsadlar haqida gapirdi.
🗣️ Maykl Karrik "Brayton"ga qarshi o'yin oldidan:
Jamoa yangiliklari haqida:
"Amad hali qaytishga yaqin emas, lekin bu hafta qanday o'tishini ko'ramiz. De Ligt asta-sekin formada bo'lib bormoqda — aniq muddatlarni aytishni istamayman".
"Lyuk Shou, ehtimol, "Brayton"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi, ammo qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi".
Baleba haqida:
"U taxminan bir haftadan so'ng qaytadi. Xalqaro tanaffusdan keyin Karlos to'liq tayyor bo'lishi kerak. U maydonga tushishni, jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishni va uning to'laqonli qismi bo'lishni juda istaydi".
Bu mavsumdagi sovrinlar haqida:
"Sovrinlar, g'alabalar va ulardan olinadigan hissiyotlar — biz aynan shu sabab futbol bilan shug'ullanamiz. Men aynan g'alaba qozonish uchun shu klubdaman.
Shunchaki g'alaba qozonishni istayman deb qaror qilib, darhol bunga erishib bo'lmaydi. Ammo yutuqlar va muxlislarga shunday hissiyotlarni hadya etish imkoniyati biz uchun juda muhim".
"Brayton"ga qarshi o'yindagi rotatsiya haqida:
"G'alaba qozonishimiz muhim, ammo tarkibni to'g'ri boshqarish ham zarur: o'yinchilarni formada ushlab turish, barchani tayyor va jalb qilingan holda saqlash kerak. Biroq chorshanba kuni biz faqat bitta maqsad bilan — g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz".
"Siti"dan uchralgan mag'lubiyat oqibatlari haqida:
"Biz o'zimizni tushunib olishimiz va yana g'alaba qozonishni boshlashimiz kerak. Biz ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonganmiz va buni davom ettirishimiz shart.
Mavsum starti va ochkolar soni hozircha kutganimizga mos kelmayotganini tushunib turibman. Men bundan yashirinmayapman. Ammo eng muhimi — yana g'alaba ta'mini his qilish va uni odatga aylantirish. Buni aytish oson, bajarish qiyin, lekin biz bunga qodirmiz".