Nikolo Skira xabariga ko'ra, "Yuventus" darvozabon izlash jarayonida Vikariodan oldin 6 ta nomzodni ko'rib chiqqan.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, Vikario "Yuventus" rahbariyati ko'rib chiqqan 7-variant bo'lgan:
Alisson: Komolli davridayoq darvozabonni tarkibga qo'shib olishga urinishlar bo'lgan.
Martines: Argentinalik posbon yangi rahbariyat uchun ustuvor maqsad edi. Kelishuv barmoq jarohati sabab amalga oshmay qoldi (operatsiya talab etiladi / tiklanish 3 oy).
Svilar: Iyun oyida darvozabonni sotib olishga urinish bo'lgan, ammo "Roma" qat'iy rad javobini bergan.
Karnesekki: "Yuventus" pul + Di Gregorio taklif qilgan, biroq "Atalanta" 50 million yevro talab qilgan.
Sudzuki: "Yuventus" dastlab uni "Parma"dan sotib olmoqchi bo'lgan, keyinroq esa "PSJ"dan ijaraga olishga uringan, ammo yaponiyalik darvozabon zaxirada qolishni istamay, Parijga o'tishni rad etgan. Yakunda u "Aston Villa"ga o'tdi.
Trubin: "Benfika" 35 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijarani talab qilgan. "Yuventus" futbolchilarni sotmasdan turib, bunday mablag'ni sarflashga qodir emas.
Fabrisio Romano va Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, transfer bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. Gasperini futbolchi bilan bog'langan.
Fabrisio Romano va Matteo Moretto xabariga ko'ra, ayni paytda byurokratik rasmiyatchiliklarni yakunlash va transferga «yashil chiroq» yoqish ustida ish olib borilmoqda. Klublar moliyaviy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan.
Muzokaralar hali 100 foiz yakuniga yetmagan, tomonlar bitimni to'liq rasmiylashtirishga yaqin turibdi, shundan so'ng shartnomalar imzolanadi. Shuningdek, Gasperini futbolchi bilan bir necha bor suhbatlashgani aytilmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, "Milan" Nikola Zalevski transferi bo'yicha muzokaralar olib bormagan, "Atalanta" esa futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.
🚨 "Milan" Nikola Zalevski transferi bo'yicha aniq muzokaralar olib bormagan. "Atalanta" ham futbolchini sotishga unchalik qiziqish bildirmayapti.
Kristiano Juntoli «Atalanta»dagi o'zgarishlar, Mauritsio Sarri va klubning transfer siyosati haqida fikr bildirdi.
Kristiano Juntoli «Atalanta»ning transfer siyosati, Mauritsio Sarri va klub rejalari haqida gapirdi:
«Agar kengroq qaraydigan bo'lsak, «Atalanta»ning eng katta xaridi bu Mauritsio Sarri bo'ldi, biz uni juda muhim raqibdan tortib olishga muvaffaq bo'ldik.
Keyin biz Edersonni qolishga ko'ndirdik, Gaetanoni imzoladik, chunki bizga italyan futbolini yaxshi biladigan pleymeyker kerak edi. Shuningdek, klub uchun qilgan barcha ishlaridan keyin ketishni istagan Jimsitiga ham qarshilik qilmadik.
Biz bunga tayyor edik va darhol Kristensenni taklif qildik, u 10 yoshga yoshroq, chunki biz kelajak haqida o'ylayapmiz. Loyihalar vaqt va sabr talab qiladi, ularni g'ishtin-g'ishtin qurish kerak, ammo biz transfer oynasining so'nggi daqiqalarigacha diqqatli bo'lamiz».
⏳ Juntoli falsafani o'zgartirish vaqt va sabr talab qilishini ta'kidladi:
«Eng avvalo, biz o'z o'zligimizni topmoqchimiz. «Atalanta»ning kuchi har doim buyuk mavsumlarni g'ishtin-g'ishtin qurishda bo'lgan. «Atalanta» to'qqiz yil davomida Jan Pero Gasperini qo'l ostida bo'ldi, keyin uning shogirdi Ivan Yurichni va undan keyin Raffaele Palladinoni yollashga harakat qildi, ammo Sarri futbolga butunlay boshqacha yondashuvni, xususan, uch himoyachi sxemasidan voz kechishni taklif qilmoqda. Buni klub bilan muhokama qilganimda, ular meni to'liq qo'llab-quvvatlashdi. Vaqt va sabr kerak bo'ladi, ammo biz muvaffaqiyatga erisha olishimizga ishonchimiz komil. Biz nima xohlayotganimizni bilamiz va bunga erishamiz».
🤫 Noa Lang, Assane Diao va Sebastiano Espozito haqidagi savolga Juntoli potentsial transferlar bo'yicha izoh berishdan bosh tortdi:
«Shuni aytishim mumkinki: o'ylaymanki, Raspadori, Zalevski, shuningdek, Sulemana va ShDK hech kimdan qolishmaydi. Biz qo'limizdagi o'yinchilardan mamnunmiz, shuning uchun boshqalar haqida gapirishni istamayman. Biz o'z yo'limizda davom etamiz, bu yo'l murakkab va mashaqqatli bo'lishini bilamiz».
😎 Kolashinatsning ketishi ehtimoliga kelsak, Juntoli hozircha xavotirga o'rin ko'rmayapti:
«Hozircha bizdan hech kim hech narsa so'ramadi. O'yinchilar kundalik ishlariga e'tibor qaratishgan. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz».
Roma hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Komo vingeri Assan Diao nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Il Messaggero xabar bermoqda.
🟡 Roma hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Assan Diao nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Il Messaggero xabariga ko'ra, Komo klubining 20 yoshli vingeri yoshi, o'yin uslubi va salohiyati jihatidan rimliklarga mos keladi. Biroq, hozirgi vaqtda futbolchi klub uchun ikkinchi darajali maqsad bo'lib turibdi.
Atalanta Yuventus futbolchisi Niko Gonsalesni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Mirko Di Natali xabariga ko'ra, klub futbolchini transfer qilishi mumkin.
Atalanta Yuventus futbolchisi Niko Gonsalesni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Mirko Di Natali xabariga ko'ra, klub futbolchini ijaraga olish yoki to'liq transfer qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Markaziy himoyachi Tomas Kristensen «Udineze»dan «Atalanta» safiga ijaraga o'tdi.
Tomas Kristensen «Atalanta» futbolchisiga aylandi.
Markaziy himoyachi «Udineze»dan bir mavsumga ijaraga olindi. Kelishuvda muayyan shartlar bajarilganda futbolchini sotib olish majburiyati ham ko'zda tutilgan.
Eshli Yang «Inter» va «Atalanta» o'rtasidagi o'yin xotiralari bilan o'rtoqlashdi. «Inter»ning jismoniy tayyorgarligi raqibni hayratda qoldirgan.
Eshli Yang «Inter» va «Atalanta» o'rtasidagi o'yin xotiralari bilan o'rtoqlashdi:
«Bir safar biz «Atalanta» maydonida mehmon bo'lganmiz. O'sha o'yinda gol urganimizni eslayman, ikkinchi bo'limda esa ulardan ancha kuchliroq ko'ringandik. O'yindan so'ng ularning ayrim futbolchilari bilan gaplashganimda, ular: «Sizlarning jismoniy tayyorgarlik darajangiz umuman boshqacha», deyishgandi. «Atalanta» ustozi Gasperini esa o'z shogirdlari biznikidan ko'ra jismonan yaxshiroq tayyorlangan deb hisoblardi. Keyin, o'yindan so'ng u Konte oldiga kelib: «Mashg'ulotlarda nima qilayotganingizni bilmayman, lekin sizlar jismonan ancha ustunsizlar», degan. Vaholanki, «Atalanta» aynan yuqori jismoniy tayyorgarligi bilan nom qozongan edi».
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Rujyeri «Aston Villa»ga o'tishga rozilik bildirgan. Transfer rasmiylashishi uchun eng kichik detallarni hal qilish qoldi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Rujyeri «Aston Villa»ga o'tishga rozilik bildirgan.
Transfer rasmiylashishi uchun eng kichik detallarni hal qilish qoldi, xolos.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Aston Villa» va «Atletiko Madrid» o'rtasidagi Matteo Ruggeri transferi bo'yicha muzokaralar yakunlanish arafasida.
🚨 Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Aston Villa» va «Atletiko Madrid» o'rtasidagi Matteo Ruggeri transferi bo'yicha muzokaralar yakunlanish arafasida. Tomonlar kelishuvdagi so'nggi mayda detallarni hal qilmoqda.
Alan Nikson xabariga ko'ra, «Manchester Siti» himoyachi Juma Ba uchun 25 million funt sterling talab qilmoqda.
Alan Nikson xabariga ko'ra, «Manchester Siti» himoyachi Juma Ba uchun 25 million funt sterling talab qilmoqda. 💸
«Siti» 15 million funt kafolatlangan to'lov va 10 million funt bonuslar ko'rinishida mablag' olmoqchi.
👀 Himoyachiga «Atalanta» va nomi oshkor etilmagan yana bir APL klubi qiziqish bildirmoqda. «Brentford», «Nyukasl» va «Nottingem Forest» esa futbolchini Fransiyada kuzatib borgan.
The Athletic xabariga ko'ra, «Aston Villa» «Atletiko Madrid» futbolchisi Matteo Ruggerini 20 million yevro evaziga sotib olishga yaqin turibdi.
🚨 The Athletic xabariga ko'ra, «Aston Villa» «Atletiko Madrid» futbolchisi Matteo Ruggerini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri "Aston Villa"ga o'tishga rozi bo'ldi. Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil etadi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri "Aston Villa"ga o'tishga rozi bo'ldi.
Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil etadi. O'yinchi bilan kelishuv hali yakuniga yetmagan, ammo shaxsiy shartlar bo'yicha muzokaralar qizg'in davom etmoqda.
The Athletic xabariga ko'ra, "Aston Villa" va "Atletiko" Rujyeri transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Summa taxminan 20 million yevro.
The Athletic xabariga ko'ra, "Aston Villa" va "Atletiko" Rujyeri transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer summasi taxminan 20 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Marko Palestra «Chelsi»ga o'tishi, Xabi Alonso bilan ishlash va jamoaga moslashish jarayoni haqida gapirib berdi.
Marko Palestra bugun o'tkazilgan matbuot anjumanida «Chelsi»ga o'tishi va jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida gapirib o'tdi:
Palestra har doim APLda o'ynashni orzu qilgan, shu bois «Chelsi»ga o'tish – muhim qadam. Markoga qiziqish bildirgan boshqa klublar ham bor edi, ammo u aynan «Chelsi»ni tanladi.
Mavsumoldi tayyorgarligi jarayoni tanishuv va moslashish uchun ayni muddao. Hozir italyan futbolchisi o'zini yaxshi his qilmoqda va mavsumga hozirlik ko'rmoqda.
Palestra «Chelsi» libosini kiyish qanday tuyg'u ekanligini «betakror» deb ta'rifladi.
Marko va butun jamoa Xabi Alonso qo'l ostida yaxshi mavsum o'tkazishlariga ishonishmoqda. Jamoa Xabining bosh murabbiy etib tayinlanganidan juda mamnun.
Asosiysi – murabbiy g'oyalariga amal qilish va o'z ustida ishlash. Shunda natija ham keladi, «Chelsi» esa dunyoning eng yaxshi klublaridan biri.
Palestra uchun qaysi pozitsiya va qaysi tizimda o'ynash unchalik muhim emas. Murabbiylar shtabi unga ko'proq erkinlik bermoqda, bu esa himoyada ham, hujumda ham ishonchli harakat qilishiga yordam beradi. Palestra tavakkal qilishni yoqtiradi, bu unga o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi. Alonso qo'ng'iroq vaqtida uning universal o'yinchi ekanligi yoqishini aytgan.
Ilgari Marko yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan. Tezkor bo'lgani uchun chap qanot himoyachisiga aylangan. Palestra buni yaxshi tushunadi, garchi bolaligida eng sekin o'yinchilardan biri bo'lgan bo'lsa ham.
Palestra bo'sh vaqtining katta qismini Anselmino bilan o'tkazadi – ular PlayStation o'ynashadi va stol tennisi bilan shug'ullanishadi.
Jeyms «Chelsi»ga rasman o'tganidan so'ng Palestraga xabar yozgan. Uni tabriklab, yordam taklif qilgan. Yigitlar Ris Jeyms JCHdan so'ng «Kobxem»ga tashrif buyurganida tanishib olishgan. Palestraning so'zlariga ko'ra, Ris – yaxshi sardor va yaxshi inson.
Palestra jamoaviy yutuqlarni shaxsiy muvaffaqiyatlardan ustun qo'yadi, biroq APLning eng yaxshi himoyachisi bo'lish maqsadini ham yoddan chiqarmaydi.
«Chelsi»ga o'tishdan oldin Marko «Atalanta»da birga o'ynagan Dzappakosta bilan maslahatlashgan. Dzappa har doim «Chelsi» haqida iliq fikrlar bildirgan. Dzolaga qo'ng'iroq qilmagan, lekin uning ham shu yerda o'ynaganini biladi. Palestra «Chelsi» tarixidagi nufuzli italiyalik futbolchilardan biriga aylanishni istaydi.
«Atalanta» «Komo» yarim himoyachisi Assane Diao transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Futbolchining narxi 30 million yevroni tashkil etadi.
📰 Nikolo Skira:
«Atalanta» «Komo» futbolchisi Assane Diaoni o'z safiga qo'shib olmoqchi va allaqachon o'yinchi agentlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Albatta, vaziyat rivojini kuzatamiz, ammo Diao «Atalanta»ga o'tmasligi mumkin. Asosiy sabab — transfer narxi, u taxminan 30 million yevroni tashkil etadi. «Atalanta» uchun bunday summalar doimo jiddiy to'siq bo'lib kelgan (Ture transferi bundan mustasno). Qolaversa, futbolchining «byankoblu» bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ya'ni narx tushirilishiga umid qilmasa ham bo'ladi. Biroq, har narsa bo'lishi mumkin.
Atalanta Danilo Santos transferi ustida ishlamoqda, ammo Kristal Pelas ham futbolchi uchun kurashga qo'shildi. Botafogo bilan muzokaralar 20 mln yevrodan oshdi.
⚽️ Atalanta Danilo Santosni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni jadallashtirmoqda, ammo Kristal Pelas ham ushbu kurashga qo'shildi.
‼️ Eduardo Burgos xabariga ko'ra, Botafogo bilan transfer bo'yicha muzokaralar qiymati allaqachon 20 million yevrodan oshib ketgan.
⚠️ Kristal Pelas hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan — vaziyat ochiqligicha qolmoqda.
🚨 Marca xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri va "Aston Villa" o'rtasidagi vaziyatdan barcha tomonlar xabardor. Dushanba kuni futbolchining agentlari "Atletiko" mashg'ulotlar bazasida ko'rinish berishdi.
Ular Mateu Alemany bilan uchrashuvdan so'ng mashg'ulotni kuzatishdi. Italiyalik futbolchi mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasida asosiy tarkibda ko'rinmadi, uning o'rnini "Atletiko Madrilenyo" himoyachisi Arnau Sola egalladi.
Bugun ham xuddi shu holat takrorlandi: Ruggeri o'yinchilar mashg'ulot boshlanishini kutayotgan paytda velotrenajyorda o'tirib, jarayonni kuzatdi.
Bu holat futbolchining jamoadan ketishiga yaqin turganining yaqqol belgisi sifatida baholanmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, "Aston Villa" "Atletiko Madrid" himoyachisi Matteo Ruggerini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
🚨 Matteo Moretto xabariga ko'ra, "Aston Villa" Matteo Ruggeriga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yaqin soatlar ichida "Atletiko Madrid"ni tark etishi mumkin.
Ingliz klubi u bilan shartnomani darhol imzolashni istamoqda.
Endi barchasi futbolchining o'ziga bog'liq. U "Aston Villa" taklifini ko'rib chiqmoqda va o'z kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, "Atletiko Madrid" futbolchini sotib olgan narxidan (17 million yevro) qimmatroqqa sotib, foyda ko'rishi kutilmoqda.
Sky Sports jurnalisti Danial Xanning fikricha, Manchester United yozda qimmatbaho yarim himoyachi xarid qilmaydi.
Sky Sports jurnalisti Danial Xanning xabariga ko'ra, Manchester United yozgi transferlar oynasida 60-70 million funt sterlinglik yarim himoyachini xarid qilishi dargumon.
Sky Sports jurnalisti Danial Xan: "Manchester United yozda 60-70 million funt sterlinglik yarim himoyachini sotib oladi deb o'ylamayman. Narx bundan pastroq bo'ladi".
Grem Smit «Lids»ning transfer rejalari, jumladan Jeyms Trafford va Jek Harrisonning kelajagi haqida yangi ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
Grem Smitdan yangi insaydlar:
• Jeyms Trafford «Lids» uchun doimo «birinchi raqamli» nishon bo'lib qolgan. Dzion Sudzuki kabi boshqa variantlar ham ko'rib chiqilgan, biroq klub ular bo'yicha faol qadam tashlamagan. «Oqlar» «Manchester Siti» darvozabonini qo'lga kiritish imkoniyatini kutishgan.
• «Elland Roud»da Yulian Brandt yaqin vaqt ichida o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishi kutilmoqda. Hozirda nemis hujumkor yarim himoyachisi «Bayer» bazasida shug'ullanmoqda va unga taklif qilingan variantlarni o'ylamoqda.
• «Valensiya» Larji Ramazanini qaytarishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
• Jek Harrison «Nyu-Inglend Revolyushn»ga o'tishga yaqin. «Lids» u uchun ma'lum bir mablag' oladi, bu esa vingerning maoshidan qutilish bilan birga klub uchun moliyaviy yordam bo'ladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Roma» Luis Enrike bilan moliyaviy kelishuvga erishishi kerak. Futbolchining transferi Rodrigo Moradan so'ng hal qilinadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Roma» Luis Enrike bilan moliyaviy kelishuvga erishishi kerak. Ushbu masala Rodrigo Mora transferi hal qilinganidan so'ng ko'rib chiqiladi. Shunga qaramay, Luis Enrikening «Roma» futbolchisiga aylanishi ehtimoli yuqori.
Hozircha kelishuv yakuniga yetishi uchun ayrim detallar yetishmayapti.
Jed Spens "Inter"ga, Kuti Romero esa "Atletiko Madrid"ga o'tishga yaqin. "Tottenxem" har ikki futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tishiga ruxsat berdi.
🚨 Jed Spens ertaga "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Tottenxem" futbolchining uchib ketishiga ruxsat berdi.
Transferning qat'iy qismi 31,5 million yevroni tashkil qiladi, shuningdek bonuslar ham mavjud. Himoyachi uchun umumiy paket qiymati 35 million yevroga yetishi mumkin.
🚨 Kuti Romero bugun kechqurun agenti bilan birga Madridga uchib ketmoqda. U ertaga "Atletiko Madrid"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak!
"Tottenxem"dan uchib ketish uchun ruxsat endigina olindi.
Paket summasi bonuslar bilan birga 40 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, kelishuvda futbolchini qayta sotishdan 15 foizlik ulush ko'zda tutilgan.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, Atalanta Noa Langni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Napoli esa faqat to'liq transferga rozi.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, Atalanta Noa Langni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Calcio Italiano ma'lumotiga ko'ra, Napoli futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmayapti, shu sababli faqat to'liq transfer amalga oshishi mumkin.
Eshli Yang Antonio Kontening «Inter»dagi mashg'ulot jarayonlari va futbolchilarni sinash uchun qo'llagan g'alati usullari haqida so'zlab berdi.
Eshli Yang Antonio Kontening «Inter»dagi ish uslubi haqida esladi:
Eshli Yang: «Ba'zida mashg'ulot bazasiga ertalab soat 9 da kelardik. Nonushtadan so'ng, taxminan 10 larda, maydonga chiqib, 11 da mashg'ulotni boshlashimiz kerak edi. Shuning uchun barcha yigitlar tayyorgarlik ko'rishardi. Keyin soat 10:45 lar atrofida bo'lardik va o'zaro: «Yaxshi, chiqishga tayyormiz», derdik.
O'shanda asosiy jamoa murabbiylaridan biridan: «Mister tayyormi?», deb so'rardik, u esa: «Yo'q, hali tayyor emas», deb javob berardi. Keyin jamoa menejerini uning oldiga yuborardik. U qaytib kelib: «Xo'sh, murabbiy tushlikka soat 12 da borishi kerakligini aytdi. Xonalaringga borib dam olinglar — soat 14:00 da shug'ullanamiz», derdi. Barcha futbolchilar bir-biriga qarab: «Axir biz ertalab to'qqizdan beri shu yerdamiz-ku. Nega?», deb so'rashardi.
Bu uning bizni sinash usullaridan biri edi — kimdir uning eshigini taqillatib kirishini yoki kimdir munosabat bildirishini ko'rmoqchi bo'lardi. Jamoada uzoq vaqtdan beri bo'lgan, tajribali futbolchilar ko'p edi va ular o'z fikrlarini unga ochiq aytishni xohlashardi. Oxir-oqibat ular shunday qilishdi ham».
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Udineze" va "Atalanta" Tomas Kristensen transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim summasi 22 mln yevroni tashkil qiladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Udineze" va "Atalanta" klublari Tomas Kristensen transferi borasida kelishuvga erishdi. Bitim summasi 22 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, yana 5 million yevro bonus sifatida ko'zda tutilgan.
Futbolchining o'zi ham ushbu transferga rozilik bildirgan.
AS nashri xabariga ko'ra, «Atletiko» va «Yuventus» o'rtasidagi Niko Gonsales transferi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi.
🚫 AS xabariga ko'ra, «Atletiko» va «Yuventus» o'rtasidagi Niko Gonsales transferi bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri transferi bo'yicha muzokaralar yakunlanish arafasida. Tomonlarni kelishib olishi uchun atigi bir nechta kichik detallar qoldi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri transferi bo'yicha muzokaralar yakunlanish arafasida. Tomonlarni kelishib olishi uchun atigi bir nechta kichik detallar qoldi.
Braziliyalik jurnalist Diyego Dantasning xabar berishicha, Atalanta Botafogo yarim himoyachisi Daniloni transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
📰 Braziliyalik jurnalist Diyego Dantas xabariga ko'ra:
Atalanta klubi Botafogo yarim himoyachisi Daniloni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Manchester United yozgi transferlar uchun nomzodlarni o'rganmoqda. Klub yarim himoya va chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph muxbiri Jeyms Daker xabariga ko'ra, Manchester United yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlarni sinchkovlik bilan o'rganmoqda.
Jamoa jismoniy tayyorgarlik, harakatchanlik va chidamlilik kabi sifatlarga ega o'yinchilarni qidirmoqda.
Hozircha klub bitta yarim himoyachi uchun 60-80 million funt sterling sarflashga tayyor emas, agar juda qulay variant chiqmasa, bu mablag' ajratilmaydi.
Chap qanot himoyachisi pozitsiyasi ham klub e'tiborida. Kerrik Dorguni chap qanot vingeri sifatida yuqoriroqda o'ynatishni ma'qul ko'rmoqda.
Xoll masalasida esa, Nyukasl uni sotishi uchun juda katta mablag' talab qilinadi, shuningdek, o'yinchining o'zi klubga bosim o'tkazishi kerak bo'ladi. Entoni Robinson esa arzonroqqa tushadi.
Shuningdek, Manchester United Jorjio Skalvini o'yinlarini kuzatmoqda va klubda uni yuqori baholashadi.
Kiran Gill xabariga ko'ra, Xabi Alonso «Chelsi» rahbariyati va futbolchilari tomonidan yuqori baholanmoqda.
Kiran Gill xabariga ko'ra, klub sport direktorlari va Egbāli Xabi Alonso bilan ishlashdan mamnun.
Futbolchilarga ham murabbiyning uslubi yoqmoqda: Xabi mashg'ulotlarda faol ishtirok etadi va mashqlarni qanday bajarish kerakligini o'zi to'p bilan ko'rsatib beradi.
Umuman olganda, barcha tomonlar hamkorlikdan qoniqish hosil qilmoqda.