Real Betis Troy Perrottning qaytishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Real Betis Troy Perrottning Tottenham Hotspur klubiga qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Hujumchining shartnomasida 100 mln yevro tovon puli bor.
Real Betis Troy Perrottning Tottenham Hotspur klubiga qaytishi haqidagi kuchayib borayotgan mish-mishlarga chek qo'ydi.
😁 Perrottning so'nggi vaqtlardagi ajoyib o'yini fonida uning «shporlar» safiga qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar ko'payib ketgandi, biroq Betis o'z pozitsiyasini aniq belgilab oldi.
📝 Hujumchining shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallangan va mavjud ma'lumotlarga ko'ra, unda 100 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'zda tutilgan; shu bilan birga, ispan klubi o'yinchi bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas.