Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Super Liga yangiliklari Transfer

Super Liga

Paxtakor Muhammadrasul Abdumajidovning transferi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Paxtakor Muhammadrasul Abdumajidovning transferi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Paxtakor himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga klub rasmiy munosabat bildirdi.

Bugun ko'p OAV va bloglarda jamoamiz himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga o'tishi masalasi bo'yicha fikrlar bildirildi. Bunga klub rasmiy munosabatini bildiradi.

Paxtakor futbol klubiga boshqa xorij klubidan rasmiy taklif yuborilgan xat kelib tushmadi. Faqat futbolchining agenti fransuz klubi yozgan taqdim etdi (sotib olish huquqi bilan ijara). Biroq bu taklif klubimizni qoniqtirmadi. Paxtakor jamoasidagi har bir futbolchining o'ziga yarasha obro'si bor va biz o'yinchilar uchun bildirilgan yaxshi takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz. Qolaversa, O'zbekistonda transfer davri yopilgan.

Jamoa mavsumning muhim pallasida turibdi va futbolchining o'rnini to'ldirish imkoniyatiga ega emas. Har mavsum oldidan murabbiylar shtabi oldiga jiddiy vazifalar qo'yiladi va bu yil ham shundan mustasno emas. Futbolchilar o'tishi va transferlari bo'yicha qarorlar murabbiylar shtabi tomonidan vazifalardan kelib chiqib, jamoa manfaati asosida qabul qilinadi. Paxtakor'ni oldinda Elit Chempionlar Ligasi kutmoqda. Ushbu musobaqada jamoaning vazifasi munosib ishtirok etishdan iborat.

Shu sababli ayni paytda asosiy maqsadimiz jamoa tarkibini kuchaytirishdan iborat, uni kuchsizlantirish emas.

Agar taklif vaqtliroq kelib tushganda uni batafsil muhokama qilish mumkin edi. Yozgi transferlar paytida ikki nafar markaziy himoyachi boshqa klublarga qo'yib yuborildi. Shu tufayli ushbu transfer bo'yicha taklifni faqat qishda ko'rib chiqish imkoni borligini klubimiz ma'lum qiladi.

OKMK ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi

OKMK ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi

OKMK klubi Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

OKMK klubi o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib oldi. Olmaliqliklar Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov OKMK safiga kelib qo'shildi.

Super Liga

Ilya Ishkov transferi atrofidagi vaziyat: qaysi klublar da'vogar?

Ilya Ishkov transferi atrofidagi vaziyat: qaysi klublar da'vogar?

Ilya Ishkovning transferi atrofidagi mish-mishlar va uning o'yin uslubi tahlili. Qaysi klublar 21 yoshli yarim himoyachi uchun kurashmoqda?

Ilya Ishkov «Lokomotiv» yoki «Rubin»ga o'tishi mumkin, ammo u SSKA va «Dinamo»ga kerak emas: yigitlar Moskvadan ommaviy qiziqish borligini ko'rsatish uchun xomaki gaplarni tarqatishmoqda, aslida esa bunday qiziqish yo'q.

«Ural»ning 21 yoshli yarim himoyachisiga «Rubin» qiziqish bildirmoqda, biroq Yekaterinburgda so'ralayotgan 200 million rubl evaziga emas, balki 100-150 millionga. «Lokomotiv»ga kelsak, hammasi «parovozlar»ga kim bosh murabbiy bo'lishiga bog'liq.

Agar kutilayotgan Xoxlov tayinlansa, klub Ilya uchun harakat qilishi mumkin (Dmitriy uning muxlisi). Ammo BB shunchaki FNL o'yinchisi uchun normal pul to'lashga tayyormi (agar bosh direktorning o'zi Kengash qarorini bajarmagani uchun ishdan bo'shatilmasa) — bu SAVOL, — deya xabar beradi Karp.

Ishkov — «Ural»ning eng kreativ o'yinchisi. Qat'iyatli, baquvvat, texnikasi kuchli (bolalikdagi futzal tajribasi o'z so'zini aytmoqda). Driblingda yorib o'tadi, kombinatsiyalarni bog'laydi, o'zi ham zarba beradi.

So'nggi uch yil ichida FNLda u jamoaning assistlar (12), zarba uchun paslar (67) va aldab o'tishlar (154) bo'yicha yetakchisiga aylandi. Umumiy samaradorlik bo'yicha u faqat hujumchi Sekulichdan ortda qolmoqda: Ilyada — 8+12, Martinda — 27+10.

Ishkov ham «Lokomotiv», ham «Rubin»ga asqotgan bo'lardi. «Parovozlar»da Batrakov ketganidan keyin profil bo'yicha «10-raqam» yo'q, qozonliklarda esa hujumdagi kreativ bilan bog'liq muammolar bor.

Ishonchim komilki, bu «ari» yaqin vaqt ichida RPLda paydo bo'ladi. Savol faqat qaysi jamoa bilan: ona klubi «Ural» yoki boshqa klub bilan?

Dragan Cheran "Andijon" bilan xayrlashdi

Dragan Cheran "Andijon" bilan xayrlashdi

Tajribali hujumchi Dragan Cheran va "Andijon" klubi o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi.

Dragan Cheran jamoamizni tark etdi

Yil boshida “Andijon” safiga qo‘shilgan tajribali hujumchi Dragan Cheran jamoamiz bilan xayrlashganini ma'lum qilamiz.

Klub va futbolchining o‘zaro kelishuviga asosan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

39 yoshli Cheran joriy mavsumda “Andijon” libosida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Biz Draganga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorlik izhor qilamiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dragan, hammasi uchun rahmat!

Luka Ratkovich «Qizilqum»ni tark etdi

Luka Ratkovich «Qizilqum»ni tark etdi

Serbiyalik hujumchi Luka Ratkovich o'z xohishiga ko'ra «Qizilqum» bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.

Luka Ratkovich bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz tarkibiga kelib qo'shilgan serbiyalik hujumchi Luka Ratkovich o'z xohishiga ko'ra klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, Luka Ratkovich «Qizilqum» tarkibida jami 5 ta bahsda maydonga tushgan edi.

Ratkovichga keyingi faoliyatida omad tilaymiz. Barchasi uchun rahmat Luka!

Yozgi transfer oynasidagi o'zgarishlar: kelganlar va ketganlar

Yozgi transfer oynasidagi o'zgarishlar: kelganlar va ketganlar

Yozgi transfer oynasi doirasida jamoaga kelib qo'shilgan va tarkibni tark etgan futbolchilar ro'yxati.

Yozgi transfer oynasidagi o'zgarishlar

Kelganlar:
Ayman Hussayn - "Al Karma", Iroq (erkin agent)
Murtazo Puraliganji - "Persepolis", Eron (erkin agent)
Abdurahmon Aliqulov - "Rozenxeym 1860", Germaniya (erkin agent, U-21)
Erkinjon Erkinov - "Toktogul", Qirg'iz Respublikasi (erkin agent, proliga)
Arslan Vepayev - "Arqadag'", Turkmaniston (erkin agent, proliga)
Dilshod Sharofiddinov - "Neftchi" (U-21, erkin agent)

Ketganlar:
Pyotr Pajishek - KuPS, Finlyandiya (erkin agent)
Shahzod Azmiddinov - "Al Salmiya" Kuvayt (ijara)
Rustam Turdimurodov - "Andijon" (ijara)
Muhammadqodir Hamraliyev - "Navbahor" (transfer)

Jamoa ichidagi o'tishlar:
Farruh Agayev U-21 - Proliga
Abdusamad Saidov Proliga - U-21
Amirsaid Kamolxonov Proliga - U-21