Qizilqum vakillari O'zFHM mutaxassislari bilan uchrashdi
Qizilqum klubi bazasida O'zbekiston futbol hakamlar markazi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda hakamlik va VAR tizimi muhokama qilindi.
⚽️ O’zFHM mutaxassislari «Qizilqum» klubi vakillari bilan uchrashdi
Kecha «Qizilqum» professional klubi bazasiga O’zbekiston futbol hakamlar markazi direktori Ma’mur Saidqosimov hamda mamlakat hakamligini rivojlantirish uchun ma'sul etib tayinlangan Farhod Abdullayevlar tashrif buyurib, jamoamiz a'zolari bilan ochiq muloqat o'tkashdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi Superligada hakamlik va VAR tizimiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish bo'ldi. Klub rahbariyati, murabbiylar, muxlislar hamda futbolchilarimiz soha mutaxassislariga o'zining qiziqtirgan savollari bilan yuzlandi va ularga javob olishdi. Undan tashqari jamoamiz a'zolari tomonidan markaz rahbariyatiga bir nechta takliflar berildi.
Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlar markazi vakillari klublar bilan bevosita muloqotlarni davom ettirishini, bildirilgan fikr va takliflar esa hakamlik tizimini takomillashtirish jarayonida inobatga olinishini ta’kidlab o'tishdi.