Truxilo Suares va «Real Madrid»: VAR'dagi bahsli qarorlar statistikasi
Truxilo Suares 2024/25-yilgi mavsumdan buyon «Real Madrid» ishtirokidagi 23 ta o'yinda VAR hakami sifatida ishladi. Uning qarorlari ko'plab bahslarga sabab bo'lmoqda.
2024/25-yilgi mavsumdan boshlab Truxilo Suares VAR hakami sifatida «Real Madrid»ning 23 ta o'yiniga tayinlangan.
Ushbu o'yinlar orasida final, 2 ta yarim final, 1 ta El-Klasiko, 2 ta Madrid derbisi, «Selta»ga qarshi bahs (unda «Real Madrid»ning ikki o'yinchisi qizil kartochka olgan) hamda «Jirona» bilan uchrashuv bor. «Jirona»ga qarshi o'yinda Mbappe tirsak zarbasidan so'ng jarohat olgan, ammo penalti belgilanmagan edi.
2024/25-yilgi mavsumda «Osasuna»ga qarshi o'yinda Jud Bellingem maydondan chetlatilgan, «Real Madrid» esa to'rtta penaltidan mahrum qilingan. Shuningdek, Fran Garsiyaning maydon tashqarisiga itarib yuborilishi holatida ham chetlatish kuzatilmagan.
Truxilo Suares muntazam ravishda «Real Madrid» o'yinlariga VAR hakami sifatida tayinlanishda davom etmoqda 🤡