Yann Bisseck: «Latsio bilan o'yindagi penalti epizodi menga saboq bo'ldi»
Inter himoyachisi Yann Bisseck «Latsio»ga qarshi o'yindagi penalti epizodi va bu voqea uning faoliyatiga qanday ta'sir qilgani haqida gapirdi.
Yann Bisseck: «Epizod, qaysi biri esimdan chiqmaydi? «Latsio»ga qarshi o'yindagi penalti, buni hamma bilsa kerak. Albatta, bu og'riqli edi, biz ajoyib o'yin o'tkazgandik, hatto gol ham urgandim.
Men doim o'sha vaziyatni ko'z oldimga keltiraman, jamoam va muxlislarimiz uchun afsusdaman. Ammo futbolda ham, hayotda ham insonni qiynaydigan damlar bo'lib turadi. O'ylaymanki, bu holat menga o'sishga yordam berdi. Bunday voqea yuz berganidan xursand emasman, lekin 10 yildan keyin aynan shu epizod tufayli ham o'sganimni ayta olaman».