Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Brentford — yangiliklari Matbuot

Brentford va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Rio Ngumoa: Aleksandr Isak — chinakam top-forvard

Rio Ngumoa: Aleksandr Isak — chinakam top-forvard

Rio Ngumoa Aleksandr Isakning o'yin uslubi va uning elita darajasidagi forvard sifatidagi qobiliyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Rio Ngumoa Aleksandr Isak haqida:

Yuqori darajaga o'tish jarayonida futbolda hamma narsa ham doim mukammal bo'lavermasligini tushunib yetdim. Jamoa doim ham yaxshi o'ynamaydi, chunki maydonda sizga xalaqit berish vazifasini o'z oldiga qo'ygan raqib ham bor. Ammo deyarli har doim o'yin borishini o'zgartirish uchun bitta imkoniyatingiz bo'ladi.

Buning uchun men uchun eng yaxshi misol — Aleks Isakning «Brentford»ga qarshi o'yini. U o'yin natijasini o'zgartirish va o'sha imkoniyatdan foydalanish uchun o'yinga ko'p qo'shilishi shart emas. Bu elita darajasidagi forvardning sifati. Eng yaxshilarning eng yaxshisi o'nlab marta to'pga tegishi shart emas, chunki ular golli vaziyat qayerda kutayotganini shunchaki his qilishadi va undan qanday foydalanishni bilishadi. U top-forvard, shuning uchun bu meni ajablantirmaydi.

Yegor Yarmolyuk muxlislardan uzr so'radi

Yegor Yarmolyuk muxlislardan uzr so'radi

Brentford yarim himoyachisi Yegor Yarmolyuk qizil kartochka olgani uchun jamoasi va muxlislaridan uzr so'radi.

Yarmolyuk IG sahifasida:

Men chin dildan jamoadoshlarim, murabbiy va muxlislarimizdan uzr so'ramoqchiman. Bugungi mag'lubiyat uchun katta mas'uliyatni his qilyapman va o'z xatti-harakatlarim uchun javob berishim kerakligini tushunib turibman.

Hissiyotlarimga erk berib, natijada qizil kartochka olganimdan chin dildan afsusdaman. Men har doim jamoam uchun maydonda 100 foiz kuch bilan harakat qilaman. Ushbu vaziyatdan saboq chiqarishga, munosabatimni qayta ko'rib chiqishga va to'g'ri xulosalar qilishga va'da beraman.

Endryus Kollinsning jarohati haqida gapirdi

Endryus Kollinsning jarohati haqida gapirdi

Endryus Kollinsning jarohati haqida gapirdi. Murabbiy sardorning holati va Yannikning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Endryus Kollinsning jarohati haqida:

Bu boldir mushagining cho'zilishi. U qanchalik jiddiy ekanligini bilmayman.

Shubhasiz, sardor maydonni tark etishga majbur bo'lgani yoqimsiz, ammo bu Yannikning jamoa bilan yaxshi tanishuvi bo'ldi va menimcha, u o'zini a'lo darajada ko'rsatdi.